Marvel yulduzlarining rekord daromadlari oshkor etildi

Marvel yulduzlarining rekord daromadlari oshkor etildi

Marvel filmlarida ishtirok etgan mashhur aktyorlar orasida kim eng katta gonorar qo‘lga kiritgani ko‘p yillardan beri muxlislar uchun qiziq mavzulardan biri bo‘lib keladi. Franshizadagi rollar ma’lum vaqt oralig‘ida almashib turishiga qaramay, Just Jared nashriyoti eng ko‘p daromad orttirgan yulduzlarni aniqlab, top-10 talik ro‘yxatni shakllantirdi.

Ro‘yxatga ko‘ra, uchinchi o‘rinni Vin Dizel egalladi. U Grut obraziga ovoz bergani uchun jami 225 million dollar ishlab topgan. Kinematografiyada ko‘p so‘zli qahramonlar emas, balki xarizmatik qiyofalar ham ulkan daromad keltirishi mumkinligining yorqin misoli shu bo‘lsa kerak.

Marvel yulduzlarining rekord daromadlari oshkor etildi

Ikkinchi pog‘onada esa kishilarga yaxshi tanish — Qasoskorlar tashkilotchisi Nik Fyuri rolini jonlantirgan Semyuel L. Jekson joylashdi. U Marvel olamidagi ishtiroki orqali 250 million dollar daromad qilgan va bu ko‘rsatkich uni franshizaning eng barqaror va talabgir aktyorlaridan biriga aylantirgan.

Marvel yulduzlarining rekord daromadlari oshkor etildi

Eng muhim va e’tiborni tortuvchi o‘rin, albatta, birinchi pog‘ona. Uni esa hech kim emas, balki daho, milliarder va xayriya ishlarida faol Robert Dauni egalladi. Uning umumiy daromadi 300 million dollarga yetgan. Marvel’ning Temir Odami nafaqat ekranlarda, balki moliyaviy ro‘yxatlarda ham o‘z nufuzini saqlab kelayotganini ko‘rish qiyin emas.

Marvel yulduzlarining rekord daromadlari oshkor etildi

Top-10likka shuningdek quyidagi yulduzlar ham kirgan:

— Gvinet Peltrou — 200 million dollar;

— Skarlett Yoxansson — 165 million dollar;

— Kris Xemsvort — 130 million dollar;

— Bredli Kuper — 120 million dollar;

— Kris Evans — 110 million dollar;

— Kris Pratt — 100 million dollar;

— Jeremi Renner — 80 million dollar.

Bu ro‘yxat shuni ko‘rsatadiki, Marvel kinomanbai aktyorlar uchun nafaqat ommaboplik, balki ulkan moliyaviy imkoniyatlar eshigini ham ochadi. Muxlislar esa har bir yangi film bilan bu yulduzlarning qiyofasi ortida qanday mehnat va qanday katta qiymat yotganini yana bir bor his etish imkoniga ega bo‘ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.