Umar Shamsiyev: "Etmagan ekanman..." (video)

Xonanda Umar Shamsiyev “NavoTV”ning “Men uchun…” ko‘rsatuvida boshlovchining quyidagi savoliga duch keldi: \"Oxirgi marta qachon otangizga: Dada, men sizni yaxshi ko‘raman dedingiz?\"
Umar esa biroz tushkunlik bilan, afsuslanib javob berdi: \"Etmagan ekanman...\"
Shunda boshlovchi yumor bilan qo‘shimcha qildi: \"Nahotki, bu faqat uchta so‘zdan iborat bo‘lsa?\" va yana so‘radi: \"Bugun ayta olasizmi: Dada, men sizni yaxshi ko‘raman?\", deb.
Xonanda esa hech ikkilanmasdan javob berdi:
\"Ha, albatta aytaman. Hoziroq aytaman. Fursatdan foydalanib, meni ko‘rib turgan dadam Ahmadjon otam, ilohim, umringiz uzoq bo‘lsin. Onam bilan qo‘shilib qarib, baxtimizga sog‘-salomat bo‘lib yuring. Ilohim, hech qachon kasal bo‘lmang. Dada, sizni chin yurakdan, chin qalbimdan yaxshi ko‘raman.\"
Bu jonli efirdagi hayajonli lahzalar tomoshabinlar qalbini larzaga keltirdi.













