Go‘zal aktrisa Zarina Nizomutdinovadan Yangi yil archasi

Go‘zal aktrisa Zarina Nizomutdinovadan Yangi yil archasi

Mashhur aktrisa va xonanda Zarina Nizomutdinova yangi yil arafasida o‘z sahifasida bayramona kayfiyatni ulashdi. U Instagram’da videopost qoldirib, muxlislariga murojaat qildi:
“Archa yasatishga ulgurdingizmi?”

Aktrisa videoda uyining burchagida joylashgan, yorqin chiroqlar bilan bezatilgan, zamonaviy uslubda yasalgan Yangi yil archasini namoyish etdi. Zarina Nizomutdinovaning izdoshlari sharhlarda aktrisaning nozik didini maqtab, yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrik izohlarini qoldirishdi.

Aktrisaning ushbu postidan ko‘rinadiki, u allaqachon bayram kayfiyatini his etib, uyini Yangi yil shukuhi bilan bezab ulgurgan.

Go‘zal aktrisa Zarina Nizomutdinovadan Yangi yil archasi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.