Durdona Qurbonovadan “Dil”: yangi klip muxlislar e’tiborida (video)

Durdona Qurbonovadan “Dil”: yangi klip muxlislar e’tiborida (video)

Aktrisa Durdona Qurbonovaning navbatdagi ijodiy ishlanmasi — “Dil” nomli qo‘shig‘iga suratga olingan klip kecha, 26 dekabr kuni, YouTube platformasida premyera qilindi.

Yangi klip qisqa vaqt ichida tomoshabinlar e’tiborini tortib, muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ushbu qo‘shiqning matni va musiqasi Mirjalol Nematovga tegishli. Musiqiy video esa rejissyor Sherzod Umarov tomonidan suratga olingan bo‘lib, klipdagi sahnalar mazmunan qo‘shiq ruhiga uyg‘un tarzda ishlangan.

Shuningdek, qo‘shiqning aranjirovkasi taniqli mutaxassis Jamshid Shavkatov tomonidan tayyorlangan. “Dil” qo‘shig‘i va uning klipi Durdona Qurbonovaning ijodida yangi bosqich bo‘lib, undagi his-tuyg‘ular va tasvirlar tomoshabinni befarq qoldirmaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.