Zarina Yo‘ldashova qaysi aktyor bilan partnyor bo‘lib rol o‘ynashni xohlashini ochiq aytdi

Aktrisa Zarina Yo‘ldashova yaqinda o‘tkazilgan intervyuda jurnalistning qiziqarli savollariga javob berdi. Aktrisadan so‘raldi: “Qaysi aktyor bilan partnyor bo‘lib rol o‘ynashni xohlardingiz?”
Zarina hech ikkilanmasdan javob berdi:
— “Turk aktyori Burak Özçivit bilan”.
Jurnalist yana qiziqib so‘radi:
— “Nega aynan Burak Özçivit?”
Aktrisa samimiylik bilan shunday dedi:
— “Chunki u kelishgan aktyor. U bilan hamma rolni o‘ynashni xohlaydi”.
So‘ng jurnalist yana bir savol berdi:
— “Unga birinchi bo‘lib nima degan bo‘lardingiz?”
Zarina esa hazilomuz tarzda javob qaytardi:
— “Seni çok seviyorum” — deb kulib javob berdi.
Shu tariqa, aktrisaning bu samimiy va hazilomuz izohi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va uning Burak Özçivit bilan ishlash orzusini yana bir bor tasdiqladi.













