Yulduz Turdiyevaning qizalog‘i bugun ikki yoshga to'ldi

Yulduz Turdiyevaning qizalog‘i bugun ikki yoshga to'ldi

O‘zbek estradasining sevimli xonandalaridan biri Yulduz Turdiyeva uchun 13 yanvar sanasi bu yil yanada alohida ma’no kasb etdi. Chunki uning qizalog‘i Mehribon aynan shu kuni ikki yoshga to‘ldi. Ushbu quvonchli sana munosabati bilan xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida samimiy va duoli so‘zlar bilan bo‘lishdi.

Yulduz Turdiyeva shunday deb yozdi:
“Alhamdulillah. Mehribon qizimiz 2 yoshga to‘ldilar. Bolajonlarimiz baxtu kamolini ko‘rib yurishlik hammamizga nasib qilsin, ilohim. MashaAllah deb qo‘ying”.

Bu so‘zlar minglab muxlislarning yuragiga yetib bordi. Ijtimoiy tarmoqlarda Mehribonga qilingan tabriklar, duolar va iliq izohlar birin-ketin yog‘ildi. Ko‘pchilik kichkina Mehribonning sog‘lom, baxtli va nurli kelajagi bo‘lishini tilab, xonanda oilasiga eng ezgu tilaklarini yo‘lladi.

Yulduz Turdiyevaning qizalog‘i bugun ikki yoshga to'ldi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.