Ozoda Nursaidovadan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabrik (video)

Ozoda Nursaidovadan 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy tabrik (video)

Xonanda Ozoda Nursaidova 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz posbonlariga samimiy tabrik yo‘lladi. San’atkor o‘z murojaatida tinchligimiz, osoyishtaligimiz va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar va himoyachilarga chuqur minnatdorlik bildirdi.

“Ona Vatanimizni himoya qilayotgan aziz yurt posbonlari, sizlarning barchangizni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaymiz. Ilohim, doimo sog‘-salomat bo‘lib, oilalaringiz bag‘rida baxtli yashang. Xalqimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida sharaf bilan xizmat qilish nasib etsin”, — deya tilak bildirdi xonanda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.