Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?

Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?
Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?

Xonanda Ziyoda 11 mart kuni ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgani haqida xabar bergan edik. 2012 yilda oila qurgan Ziyodaning kenja farzandi ham o‘g‘il.

Xalqimiz to‘y-tantanani sevadi. Oilada tug‘ilgan yangi chaqaloqni tug‘ruqxonadan olib chiqish ham alohida marosim. 18 mart kuni Ziyoda ikkinchi farzandi bilan tug‘ruqxonadan chiqdi, deb xabar bermoqda \"Qalampir\" sayti.
Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?

Shu kunlarda barchani qiziqtirayotgan savolga ham javob oldik. Xonanda Ziyoda turmush o‘rtog‘i bilan kelishgan holda, kenja farzandiga yaxshi niyatlar bilan Imron deb ism qo‘ydi. To‘ng‘ich farzandining ismi Kamron.
Ziyoda ikkinchi farzandiga qanday ism qo‘ydi?

Barhayotlik, obodlik degan ma’nolarni anglatuvchi Imronning qadami Ziyoda xonadoniga qutlug‘ kelib, umri uzoq bo‘lsin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.