Gollivud yulduzi Enn Xeteuey “InshaAlloh” iborasi bilan muhokamalar markaziga tushdi

Gollivud aktrisasi Enn Xeteuey People nashriga bergan soʻnggi intervyusidan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalar markaziga aylandi.
Suhbat chogʻida u musulmon madaniyatida keng qoʻllaniladigan “inshaAlloh” iborasidan foydalangan, bu ifoda “agar Alloh xohlasa” degan maʼnoni anglatadi.
Mazkur lahza tez orada internet platformalarida tarqalib ketdi va musulmon davlatlaridan koʻplab foydalanuvchilar aktrisaning bu soʻzini ijobiy qabul qilib, unga nisbatan qoʻllab-quvvatlov bildirishdi.
Shu bilan birga, AQSH va Yevropa hududidagi ayrim foydalanuvchilar bu iboraga hayrat bilan munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr-mulohazalar va bahslarni boshlab yuborishdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













