Mexiko shahriga BTS guruhini ko‘rish uchun 50 mingdan ortiq muxlis yig‘ildi

Mexiko shahriga BTS guruhini ko‘rish uchun 50 mingdan ortiq muxlis yig‘ildi

Janubiy Koreyaning mashhur “BTS” guruhi a’zolari Meksika Milliy saroyida mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaum bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rasmiy qabul davomida guruh a’zolariga “Faxriy mehmon” maqomi topshirilgani ma’lum qilindi.

Uchrashuvdan so‘ng san’atkorlar saroy balkoniga chiqib, ularni kutib turgan muxlislarga ko‘rinish berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda minglab muxlislar guruhni olqishlayotgani aks etgan.

Qayd etilishicha, tashrif haqida rasmiy xabar atigi 5 soat oldin berilganiga qaramay, Mexiko shahri markazidagi “Sokalo” maydoniga 50 mingdan ortiq muxlis yig‘ilgan.

Mexiko shahriga BTS guruhini ko‘rish uchun 50 mingdan ortiq muxlis yig‘ildi

Bu tashrif “BTS”ning “ARIRANG” nomli jahon turi doirasida amalga oshirilmoqda. Guruh 7, 9 va 10-may kunlari Mexikodagi “Estadio GNP Seguros” stadionida yirik konsert dasturlarini taqdim etadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu konsertlar Meksika iqtisodiyotiga 100 million dollardan ortiq daromad keltirishi kutilmoqda.

Shuningdek, 136 mingta chipta bir necha daqiqa ichida sotilib ketgani ham katta qiziqishdan darak bermoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.