Ko'zga yosh keladigan holat: Alisher Fayz muxlisasiga qilgan syurprizi bilan tarmoqlarda olqishlandi

Ko'zga yosh keladigan holat: Alisher Fayz muxlisasiga qilgan syurprizi bilan tarmoqlarda olqishlandi

Xonanda Alisher Fayzning muxlisasiga qilgan samimiy syurprizi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Tarqalgan videolarda san’atkor yolg‘iz hayot kechirayotgan onaxonni yo‘qlab borgani aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, onaxon Alisher Fayzni juda yaxshi ko‘rishini, uning qo‘shiqlari va hayot tarzini hurmat qilishini aytgan edi. Ushbu gaplardan xabar topgan xonanda kutilmaganda gullar bilan tashrif buyurib, muxlisasini quvonchga to‘ldirgan.

Videolarda onaxonning hayajon va quvonch bilan xonandani kutib olgani ko‘rinadi. Alisher Fayz esa samimiy suhbat va iliq munosabati bilan muxlisining ko‘nglini ko‘targan.

Ko'zga yosh keladigan holat: Alisher Fayz muxlisasiga qilgan syurprizi bilan tarmoqlarda olqishlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar xonandaning bu ishini iliq qarshi olib, unga minnatdorlik va hurmat bildiruvchi izohlar yozmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.