Nihoyat “pochcha” deb atalayotgan Ozoda Nursaidovaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i topildi!

Ijtimoiy tarmoqlarda mashhur intervyulari bilan tanilgan boshlovchi Bobur Ozoda Nursaidovaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida qiziqarli bayonot berdi. Uning yozgan izohlari muxlislar orasida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Boshlovchi o‘z sahifasida “Pochchani topdim! Lekin Nilufarhon Nursaidova ko‘rsatishga ruxsat bermayaptilar. Tilim bor, gapira olmayman”, deb yozgan. Shuningdek, u bo‘lajak kuyov barcha muxlislarga salom yo‘llaganini ham aytib o‘tgan.
Boburning ta’kidlashicha, kelajakda ushbu inson birinchi intervyusini aynan unga berishga va’da qilgan. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlarda “pochcha” mavzusi yana muhokamalar markaziga aylandi.
Ozoda Nursaidovaning muxlislari esa izohlarda xonandaga baxt tilab, “Mayli ko‘rmasak ham, Ozoda opa baxtli bo‘lsinlar”, degan fikrlarni yozib qoldirishmoqda.













