"Kann” festivalining qizil gilamchasida 64 yoshli xonim barchani hayratda qoldirdi

Fransiyada o‘tkaziladigan dunyoga mashhur “Kann” kinofestivali har yili nafaqat kino san’ati, balki yulduzlarning kutilmagan va noodatiy chiqishlari bilan ham jamoatchilik e’tiborini tortadi. Bu safar festival qizil gilamida sodir bo‘lgan holat ham keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Videolarda aks etgan ayol — Karolin Shoyfele bo‘lib, u dunyoga mashhur “Chopard” zargarlik brendining hamraisi va “Kann” festivalining eng nufuzli mukofoti sanaladigan “Oltin palma novdasi” haykalchasi dizayneri hisoblanadi.
64 yoshli tadbirkor va san’at homiysi qizil gilam ustida balerinalardek oyoq uchida turib, yengil va nafis harakatlar bilan raqsga tushgani tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Uning bu chiqishi nafaqat professional sahna odobiga, balki yuqori jismoniy tayyorgarlikka ham ega ekanini ko‘rsatdi.
Ushbu noodatiy lahzalar festival mehmonlari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘pchilik uning energiyasi va o‘zini erkin ifoda etish uslubini yuqori baholamoqda.
Ma’lumot uchun, Karolin Shoyfele va uning oilasining umumiy boyligi xalqaro nashrlar, jumladan Forbes va Shveysariyaning nufuzli “Bilan” jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 1,5 milliarddan 2,5 milliard dollargacha baholanadi. Bu esa uni dunyoning eng nufuzli va boy ayollaridan biriga aylantiradi.













