Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanali direktorligidan ketdi

Ozodbek Nazarbekov «Yoshlar» telekanali direktorligidan ketdi
O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov \"Yoshlar\" teleradiokanali direktorligidan ketdi. UZ24 manbasining xabar berishicha, xonanda o‘z ixtiyori bilan ushbu lavozimdan ketmoqchiligini rahbariyatga ma’lum qilgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, u telekanalda bosh prodyuser sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Ozodbek Nazarbekovni \"Yoshlar\" teleradiokanali direktori etib tayinlagan edi. O‘tgan haftada uning tashabbusi bilan tayyorlangan yangi teleloyiha efirga uzatilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.