Asal Shodiyeva yana bir bor oq libos kiydi — muxlislari esa undan xafa

Asal Shodiyeva yana bir bor oq libos kiydi — muxlislari esa undan xafa
O‘zini xonandalikda ham sinab ko‘rayotgan aktrisa Asal Shodieva yana bir bor oq libos kiydi. Aktrisaning bundan bir yil ilgari xonanda Shohruhxonga turmushga chiqqani ko‘pchilikka ma’lum. 7 avgust kuni Shohruhxonning ukasi oila qurishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanada Asal Shodieva ham kelinlik libosiga yaqin oppoq libosda mehmonlarga peshvoz chiqdi.
Asal Shodiyeva yana bir bor oq libos kiydi — muxlislari esa undan xafa
Ushbu holat ba’zi muxlislarga oddiy tuyulgan bo‘lsa, ayrimlar Asalning ovsinini xafa qilganini ta’kidlashmoqda. Buning sababini ular «Har bir kelinchak to‘yi kuni davraning yagona malikasi bo‘lishni istashi» bilan izohlashmoqda.
Asal Shodiyeva yana bir bor oq libos kiydi — muxlislari esa undan xafa
«Asal oq ko‘ylakni boshqa kuni kiysa bo‘lardi yoki uni ham boshqattan kelin bo‘lgisi keldimikin?».
«Asal naverno xotela bit v centre vnimanii. I po etomu odela beloe platya».
«Aqlli qiz bo‘lsa kerak deb o‘ylardim… Lekin oq ko‘ylak kiyib ovsinini xafa qilganidan keyin fikrim o‘zgardi. Xuddi atay bu kelinni asabiga tegvotgandek…».
Asal Shodievaning turmush o‘rtog‘i tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan suratlar ostiga aynan shunday mazmundagi izohlar qoldirilgan.

Nima bo‘lganida ham biz ijodkorlar oilasining yana bir vakili Muhammad Alini oila qurgani munosabati bilan samimiy qutlaymiz. Oilaviy baxt bir umr tark etmasin.

Manba: Hordiq.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.