«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, g‘oliblar aniqlandi (FOTO)

«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, g‘oliblar aniqlandi (FOTO)
25-30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.

Kecha festivalning g‘olib va sovrindorlari aniqlanib, Registon maydonidagi amfiteatrda taqdirlanishdi. Festivalning uchinchi darajali diplomlari Eron, Indoneziya va Turkiyadan kelgan jamoalarga topshirildi. Ikkinchi o‘ringa Qirg‘iziston va Litvadan kelgan san’atkorlar sazovor bo‘ldi.
«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, g‘oliblar aniqlandi (FOTO)
Janubiy Koreyaning Geosong xalq qo‘shiqlarini saqlash fondi jamoasi hamda mamlakatimiz vakili Mohichehra Shomurodova birinchi o‘ringa munosib, deb topildi.
«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, g‘oliblar aniqlandi (FOTO)
Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Ozarbayjon vakiliga berildi.
«Sharq taronalari» XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, g‘oliblar aniqlandi (FOTO)
Bu yil jahonning 58 davlati san’at ustalari “Sharq taronalari”da o‘z musiqa va qo‘shiqchilik an’analari, madaniyatini namoyish etdi. Festivalda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari faxriy mehmon sifatida qatnashdi.

Anjuman doirasida o‘tkazilgan “Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojlanishi” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya san’atshunos olimlarning yirik xalqaro anjumani sifatida muhim va dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Tadbirda 20 dan ortiq mamlakatdan kelgan olim va mutaxassislar ma’ruzalar qildi, taqdimotlar o‘tkazdi.

30 avgust kuni festivalning tantanali yopilish marosimiga bo‘lib o‘tdi. Marosimda yurtimiz san’at ustalari va yosh ijrochilar tomonidan konsert dasturi hamda “O‘zbekiston madaniy merosi – umumbashariy boylik” deb nomlangan 3D proyeksiya-musiqali yoritish tomoshasi namoyish etildi.

Manba: fayzbog.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.