Alisher Fayzning Moskvalik muxlislariga video murojaati (video)

Alisher Fayzning Moskvalik muxlislariga video murojaati (video)
Ko‘ngilni ko‘z yosh to‘la chelakka o‘xshatadigan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher FAYZ so‘zdan “xamir qorib”, o‘sha “chelak” suvidan ishlatib “non yopadi”. Uning bu “mahsuloti” esa doim xaridorgir. Ko‘ngil odami bo‘lgan bu ijodkor 15 oktyabr kuni soat 18.00da Moskva shahridagi Akvamarin konsert zalida yuqorida ta’riflaganimizdek, xaridorgir \"mahsulotlari\" bilan muxlislarini xushnud etish arafasida.
Alisher Fayzning Moskvalik muxlislariga video murojaati (video)
\"Ko‘nglim senda\" nomli mazkur konsertda Adisher Fayzning qadrdoni, hamkasbi Baxrom Nazarov mehmon san’atkor sifatida ishtirok etadi. Xonanda mazkur gastrol dasturi yuzasidan moskvalik muxlislariga video murojaat yo‘lladi. Moskvada o‘tadigan konsert dasturi va chiptalar haqida to‘liq ma’lumotni Alisher Fayzning instagram (@alisherfayz_official) va feysbuk (Alisher Fayz)dagi shaxsiy sahifasi orqali olishingiz mumkin.


Manba: darakchi.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.