Lola Tojikistonga safari chog‘ida kutilmagan sovg‘a oldi (Foto)

Lola Tojikistonga safari chog‘ida kutilmagan sovg‘a oldi (Foto)
Xonanda Lola joriy yilning 5 oktyabridan Tojikiston shaharlariga ijodiy safar uyushtirdi, deb yozadi Darakchi nashri.

Mazkur safar chog‘ida xonanda Tojikistonning 6 ta shahrida o‘zining 8 ta konsertini taqdim etdi.

O‘z safari davomida Lola kutilmagan sovg‘a olgani haqida so‘zlab berdi:
“Tayyorgarlikning so‘nggi daqiqalari... Ushbu ko‘ylakni men bugun, erta tongda sovg‘a tariqasida oldim. Men hayratda edim desam – mubolag‘a bo‘ladi, mendan o‘tgan hislar bundanda ortiq edi. Mening sevimli, g‘oyatda iste’dodli va shunchaki eng zo‘r dizayner Zulfiya Sulton mening gastrol safarimni bezamoqchi bo‘lib, men uchun ushbu go‘zallikni yaratdi. Bu kutilmagan va unutilmas sovg‘a bo‘ldi! Azizam, katta rahmat!”

Lola Tojikistonga safari chog‘ida kutilmagan sovg‘a oldi (Foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.