Xonanda Shahnoza Otaboyeva aktyor Kamol Bobonazarovga turmushga chiqmoqda

Xonanda Shahnoza Otaboyeva aktyor Kamol Bobonazarovga turmushga chiqmoqda
Xonanda Shahnoza Otaboyeva aktyor Kamol Bobonazarovga turmushga chiqmoqda. Bu haqda xonanda Shahnoza Otaboyeva jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

«Muxlislarga ko‘plab filmlardagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Kamol Bobonazarov bilan oila quryapmiz. Ayni vaqtda to‘y harakatlari bilan yuribmiz. To‘yimiz 7 noyabr kuni «Sulton» restoranida bo‘lib o‘tadi. Baxtli kunimizga barcha do‘stlarimizni taklif qilib qolamiz», — deydi xonanda.

Ma’lumot uchun, Kamol Bobonazarov «Qora ilon», «Notanish qotil», «Tug‘ilmaganlar», «Beshinchi fasl», «Fidoyilar» kabi film hamda seriallarda bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.