Xonanda Sardor Mamadaliyev rok yo‘nalishida qo‘shiq kuylamoqchi


Xonanda Sardor Mamadaliev «o‘ziga qolsa» qo‘shiqchilik san’atining barcha yo‘nalishlarida kuylashni istaydi. Bu haqda «Bekajon» gazetasiga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Xonandaning aytishicha, bir guruh muxlislari sho‘x, estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni, boshqa bir guruh esa klassik taronalarni yoqtiradi. «Turli yoshdagi muxlislarim borligi uchun ham muvozanatni ushlashga majburman», — dedi Sardor Mamadaliev.
«O‘zim rokka juda ham qiziqaman. Nasib etsa, bo‘lajak konsertimda rok aralashgan qo‘shiqlarni ham kuylayman», — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Eslatib o‘tamiz, xonanda Sardor Mamadalievning «Men izlagan gul qayda» nomli konsert dasturi 15—17 noyabr kunlari Toshkentdagi «Istiqlol» san’at saroyida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













