«O‘zbekkonsert»: «Dizayn» jamoasining litsenziyasi bekor qilindi

«O‘zbekkonsert»: «Dizayn» jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi «Dizayn» jamoasiga berilgan litsenziyani bekor qildi.

«Dizayn» jamoasi bilan tuzilgan litsenziya bitimlarining talablar va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, ya’ni milliy urf-odatlarimiz va odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan, ma’naviy qadriyatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan nomunosib harakatlar orqali qiziqchilik san’atini beobro‘ etib, san’atkor odobiga rioya etmaganligi uchun «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan jamoaga berilgan AY-0035 con litsenziya 2018 yil 11 avgust kunidan bekor qilinadi», deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.