Rejissyor Rashid Malikovning «Sabot» filmi xalqaro Bridge of Arts kinofestivalida mukofotlandi

Foto: Turon 24
Rejissyor Rashid Malikovning «Sabot» filmi IV xalqaro Bridge of Arts motivatsion kino va sport festivalida mukofotlandi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
«Sabot» filmi «Hakamlar hay’ati e’tirofi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Tadbir yakunida kinokartinalar uchta yo‘nalishda (qisqa metrajli filmlar uchun, shuningdek, asosiy va bosh mukofot) taqdirlandi.
Filmlar «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi ssenariy», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi aktyor», «Eng yaxshi aktrisa», «Hakamlar hay’ati e’tirofi», «Eng yaxshi qisqa metrajli film» kabi o‘ndan ortiq nominatsiya bo‘yicha mukofotlandi.
Unga ko‘ra, eng yaxshi film sifatida fransiyalik rejissyorlar Jiliyen Xerve va Filipp Mishellarning «Teddini izlaymiz» filmi bosh sovringa ega bo‘ldi.
Festival 10—14 oktyabr kunlari Rossiyaning Rostov shahrida bo‘lib o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rejissyor Rashid Malikovning «Sabot» filmi IV xalqaro Bridge of Arts motivatsion kino va sport festivalida mukofotlandi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.
«Sabot» filmi «Hakamlar hay’ati e’tirofi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Tadbir yakunida kinokartinalar uchta yo‘nalishda (qisqa metrajli filmlar uchun, shuningdek, asosiy va bosh mukofot) taqdirlandi.
Filmlar «Eng yaxshi film», «Eng yaxshi ssenariy», «Eng yaxshi rejissyor», «Eng yaxshi aktyor», «Eng yaxshi aktrisa», «Hakamlar hay’ati e’tirofi», «Eng yaxshi qisqa metrajli film» kabi o‘ndan ortiq nominatsiya bo‘yicha mukofotlandi.
Unga ko‘ra, eng yaxshi film sifatida fransiyalik rejissyorlar Jiliyen Xerve va Filipp Mishellarning «Teddini izlaymiz» filmi bosh sovringa ega bo‘ldi.
Festival 10—14 oktyabr kunlari Rossiyaning Rostov shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













