"Forbes" reytingi bo‘yicha eng qimmat ayol xonanda Keti Perri deb qayd etildi

"Forbes" reytingi bo‘yicha eng qimmat ayol xonanda Keti Perri deb qayd etildi
“Forbes” jurnali e’lon qilgan dunyoning eng qimmat ayol xonandalari ro‘yxatida Keti Perri birinchi o‘rinni egalladi.

Xonanda bunga “Witness: The Tour” konserti davomida 83 mln dollar mablag‘ yig‘ib erishdi. O‘tgan yili u mazkur ro‘yxatda to‘qqizinchi o‘rinda qayd etilgan edi.

80 mln AQSh dollari ishlashga muvaffaq bo‘lgan Teylor Svift ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni oldi. “Forbes”ga ko‘ra, bu yil xonandaga asosiy daromadni uning “Reputation” albomi keltirgan.
"Forbes" reytingi bo‘yicha eng qimmat ayol xonanda Keti Perri deb qayd etildi
Uchinchi o‘rin esa qo‘shiqchilikdan bir yil davomida 60 mln dollar ishlagan Beyonsega nasib qilgan.
"Forbes" reytingi bo‘yicha eng qimmat ayol xonanda Keti Perri deb qayd etildi
Ro‘yxatning birinchi o‘ntaligidan Pink, Ledi Gaga, Jennifer Lopes, Rianna, Xelena Fisher, Selin Dion va Britni Spirs kabi estrada yulduzlari ham joy olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.