“Oʻzbeknavo” Lolaning litsenziyasini qaytarib berdi

“Oʻzbeknavo” Lolaning litsenziyasini qaytarib berdi
“O‘zbeknavo” Lolaning lisenziyasini qaytarib berdi

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Lola Yo‘ldoshevaning lisenziyasini qaytarib berdi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar bermoqda.

23 dekabr kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi direktori Farxod Jo‘raev ushbu xabarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Lola Yo‘ldosheva o‘z aybini tushunib etgan va uni to‘g‘irlagan. “Ayni paytda u konsert o‘tkazishi mumkin”, dedi “O‘zbeknavo” rahbari.

“Har bir ijrochi muxlislar oldida javobgar bo‘lishi kerak”, - deya munosabat bildirib o‘tdi Farxod Jo‘raev.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 14 iyulda Yuldasheva Lola Ravshanbekovna tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar buzilganligi sababli xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilish muddati tugatilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.