Rossiyalik estrada yulduzi MakSim O‘zbekistonga safari haqida nimalar dedi?

Rossiyalik estrada yulduzi MakSim O‘zbekistonga safari haqida nimalar dedi?
“Xalqlar do‘stligi” saroyida “Bitiruvchi — 2019” konsert dasturi tashkil etildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Mening yurtim” telekanali hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda xalqimiz ardog‘idagi xonandalar bilan bir sahnada rossiyalik estrada yulduzi MakSim ham saroyga yig‘ilgan muxlislarga xush kayfiyat ulashdi.

— Bunaqa go‘zal uchrashuvni kutmagandim, — deydi MakSim. — Olqishu e’tibordan boshim ko‘kka yetdi. Serquyosh O‘zbekistonning yoshlari ham qalbi qaynoq, jo‘shqin, samimiy ekan. Bu yerda olgan taassurotlarim butun umr tark etmasligiga ishonaman.

Shou-dastur “Mening yurtim” telekanali orqali tez kunlarda efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.