Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)

Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Turkiyaning «Sinemaport» sayti 2020 yilning eng yaxshi aktyor va aktrisalari hamda loyihalarni aniqladi. Bu haqda «Kinoteka» xabar berdi.

Yilning eng yaxshi aktrisasi − Neslihan Atagul («Elchining qizi»)
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: «cinematurk.ru»
«Elchining qizi» seriali bosh qahramoni Neslihan Atagul «Yilning eng yaxshi aktrisasi» deb e’tirof etildi. Yosh hamda mahoratli aktrisa Neslihan millionlab tomoshabinlar qalbini zabt etgan turk shou-biznesining marvaridi hisoblanadi. U dunyo bo‘ylab muxlislar mehrini qozongan, hattoki tanqidchilarning ham olqishiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, ko‘plab kino mukofotlari bilan ham taqdirlangan. Uning jozibali qiyofasi, aktyorlik mahorati va samimiy tabassumi hech kimni befarq qoldirmaydi.

Yilning eng yaxshi aktyori − Kerem Bursin («Eshigimni taqillat»)
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: «Kinoteka»
«Eshigimni taqillat» seriali qahramoni Kerem Bursin «Yilning eng yaxshi aktyori» deb topildi. Mashhur aktyorlar orasida yosh, taniqli va iste’dodli Kerem turk kinematografiyasining shahzodasi hisoblanadi. U hamisha o‘z ustida ishlashni yoqtiradigan mas’uliyatli shaxs.

Eng yaxshi erkak debyutant − Taner O‘lmaz
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: «topfilms.ru»
Eng yaxshi erkak debyutant – «G‘aroyib doktor» serialida rol ijro etgan Taner O‘lmazga nasib etdi. Ko‘plab tomoshabinlar serialning ilk qismidanoq iste’dodli yosh aktyorning muxlisiga aylanishga ulgurgan.

Eng yaxshi ayol debyutant − Ahsen Ero‘g‘li
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: Pinterest
Eng yaxshi ayol debyutant – «Agentimga qo‘ng‘iroq qil» seriali qahramoni Ahsen Ero‘g‘li deb topildi. Aktrisa ilk ijrosidanoq muxlislar e’tiboriga tushib, muvaffaqiyat eshigini ochishga ham ulgurdi.

Eng yaxshi komik aktrisa – Gupse O‘zay
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: Pinterest
Eng yaxshi komediya aktrisasi – «Kelinlar urushi» filmidagi ijrosi bilan mukofotga loyiq deb topildi. Komediya aktrisasi, rejissyor, ssenariy muallifi va o‘z sohasining muvaffaqiyatli mutaxassisi bo‘lishi uchun zamonaviy go‘zallik standartlariga javob berish shart emasligini isbotlagan ayol.

Yilning eng yaxshi aktyori – Aras Bulut Iynemli («Yettinchi bo‘lmadagi mo‘’jiza»)
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: «turk-media.ru»
Turk kinoyulduzi Aras Bulut «Muhtasham yuz yil» serialida shahzoda Boyazid rolini ijro etganidan so‘ng xalqaro miqyosda mashurlikka erishgan.

Yilning eng yaxshi seriali – «Chuqur»
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: «turk-media.ru»
Yilning eng yaxshi filmi – «Yettinchi bo‘lmadagi mo‘’jiza»
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: «turk-media.ru»
Yilning eng yaxshi komediyasi – «Kelinlar jangi»
Neslihan Atagul va Kerem 2020 yilning eng yaxshi turk aktyorlari sifatida e’tirof etildi (foto)
Foto: «turk-media.ru»
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.