«Senimi, shoshmay tur!» multserialining yangi treyleri namoyish etildi

«Senimi, shoshmay tur!» multserialining yangi treyleri namoyish etildi
Foto: «Film.ru»
«Senimi, shoshmay tur. Ta’tillar» animatsion seriali yaratuvchilari multfilmning birinchi treylerini taqdim etdi. «Senimi, shoshmay tur!» nomli mashhur multserialning taqdimoti Comic Con Russia konventida namoyish etildi, deb xabar bermoqda «Film.ru».

Bo‘ri va quyonning sarguzashtlari haqidagi yangi animatsion serial namoyishi 2021 yilning dekabr oyida Okko servisida taqdim etiladi, ammo aniq sanasi ma’lum emas. Treyler mualliflar avvalroq izoh qoldirish imkoniyatini o‘chirib qo‘ygan «Soyuzmultfilm» kinostudiyasining YouTube kanalida ham e’lon qilingan: video joylashtirilgandan keyin dizlayklar soni 2,5 mingtani tashkil qilgan.

Asosiy qahramonlarga Garik Xarlamov va Dmitriy Xrustalyov ovoz bergan. Yangi serialda chekish bilan birga Bo‘rida yana bir yomon odat — videoo‘yinlarga ishtiyoq paydo bo‘ladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.