Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)

Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Xorij shou-biznes vakillari orasida o‘z brendiga ega mashhur insonlar nihoyatda ko‘p. O‘zbek san’atkorlari orasida ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanadiganlar oz emas. Aslida, tadbirkorlik ham murakkab soha, bu borada hammaga ham omad kulib boqavermaydi.

Manzura
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Xonanda Manzura opasi Nigina bilan birgalikda «Manzura» liboslar butigi faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. U liboslar dizayni va ularning reklamalari ustida ishlab, maxsus fotosessiyalar ham o‘tkazgandi. Ayniqsa, turk fotografi Tayfun bilan Bali orolida o‘tkazilgan maxsus fotosessiyasi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Kaniza
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Facebook / @Kaniza
Kaniza shou-biznesga qadam qo‘ymasdan avval tadbirkorlik faoliyatini boshlagandi. U otasining ko‘magi bilan «Kaniza» oqshom liboslari saloni va atelesini ishga tushirgan. Afsuski, uning biznesi uzoqqa bormadi.

Ozoda Nursaidova
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Facebook / Ozoda Nursaidova
Xonanda Ozoda Nursaidova 2015 yilda «Ozoda» nomli parfyum ishlab chiqarishni boshlagandi. Afsuski, shov-shuv bo‘lgan parfyum haqida hozircha hech qanday gap-so‘z yo‘q.

Sitora Alimjonova
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Instagram / @sitora_alimjanova
Aktrisa Sitora Alimjonova bir necha yil avval go‘zallik saloni faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. Afsuski, bu faoliyat ko‘p o‘tmay yakunlandi.

Asal Shodiyeva
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Instagram / @asalshodiyeva
Aktrisa Asal Shodiyeva «Miel» brendiga asos solib, ayollar va bolalar liboslarini ishlab chiqarishni boshlagandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, internet-do‘koni faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Rayhon
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Instagram / @rayhon_ganieva
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva o‘z brendidagi svitshotlarni ishlab chiqarishni boshlagandi. Mazkur liboslarning o‘ziga xosligi shundaki, ularga xonandaning suratlari va qo‘shiq nomlari tushirilgan. Afsuski, bu biznes unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Shundan so‘ng u turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan birgalikda o‘rdak fermasi ochdi.

Aziza Yoqubova
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Instagram / @ravza_yasmin
Aktrisa Aziza Yoqubova ham qizining ismiga monand «Rovza Yasmin» internet-do‘konini tashkil qilgandi. Keyinchalik ijaraga do‘kon olib, uning tantanali ochilish marosimini o‘tkazdi. Ayollar va bolalar kiyim-kechaklari sotiladigan do‘kon bir oydan so‘ng yopildi.

Bloger va aktrisa Xonzoda
Tadbirkorlikni uddalay olmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)
Foto: Instagram / @xanna__official
Aktrisa Xonzoda «Xanna» nomi ostida ayollar kiyim do‘koni faoliyatini yo‘lga qo‘ygandi. Afsuski, oradan ikki oy o‘tmay Xonzoda do‘kon yopilishini va kiyimlar arzon narxda sotilishini ma’lum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.