Iroq U-23 bosh murabbiyi: "Avstraliya kabi yaxshi himoyaga ega jamoalarga qarshi shu usuldan foydalanish samaraliroq bo‘lardi"

Iroq U-23 bosh murabbiyi: "Avstraliya kabi yaxshi himoyaga ega jamoalarga qarshi shu usuldan foydalanish samaraliroq bo‘lardi"
Iroq U-23 hamda Avstraliya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Iroq olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Miroslav Sokup bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

\"Siz atigi bitta gol urib, bundan qoniqish hosil qilmasligingiz mumkin. Ammo raqib safida 8 ta \"ulkan\" gavdali yigitlar himoyada turgan bo‘lsa, shu bitta gol ham yaxshi natija, deb o‘ylab qolasiz.

Balki futbolchilarimiz raqib jarima maydoni ichida mayda pas yoki dribling foydaliroq ekanini anglab yetmayotgandir. Avstraliya kabi yaxshi himoyaga ega jamoalarga qarshi shu usuldan foydalanish samaraliroq bo‘lardi
\", - dedi mutaxassis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.