Osiyo kubogi U-23da porlayotgan o‘zbekistonlik futbolchiga xorijdan qiziqishlar bor

Osiyo kubogi U-23da porlayotgan o‘zbekistonlik futbolchiga xorijdan qiziqishlar bor
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi a’zosi Hojimat Erkinov faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin. Bu haqda upl.uz nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Erkinov tez orada Rossiya premer-ligasiga yo‘l oladi. \"Paxtakor\" klubi vakili transferlar mavsumida jamoasini o‘zgartiradi. U Moskvaning \"Spartak\" klubiga yo‘l olishi mumkin. Shuningdek, hamyurtimizga \"Krasnodar\" ham qiziqish bildirmoqda.

Ayni payt U-23 Osiyo kubogida ajoyib o‘yinlar namoyish etayotgan Hojimatning transfer narxi 400 ming yevroga baholangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.