Levandovskining qayerda o‘ynashini karatechi xotini hal qiladi

Levandovskining qayerda o‘ynashini karatechi xotini hal qiladi
Robert Levandovskining “Bavariya”dan ketishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. Polshalik to‘purar o‘ziga mos jamoa topishi kerak.

Asosiy da’vogar sifatida “Barselona” e’tirof etilayotgan bo‘lsa-da, kataloniyaliklar moliyaviy inqiroz tufayli Levandovski transferini amalga oshira olmasligi ehtimoli oshib bormoqda.

Tabiiyki, Levandovski darajasidagi o‘yinchiga boshqa takliflar ham yetarli. Xususan, “Chelsi” bu hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Robertning rafiqasi Anna hujumchining Angliya klublari taklifini qabul qilishiga qarshi chiqmoqda. Levandovski o‘ziga jamoa tanlashda karatechi xotini istagini inobatga olishga majbur bo‘lyapti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.