A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Napoli"ga yutqazdi

A Seriya. "Roma" o‘z maydonida "Napoli"ga yutqazdi
Italiya A Seriyasi 11-turi doirasidagi \"Roma\" - \"Napoli\" uchrashuvi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda rimliklar 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvdagi yagona gol ikkinchi taym oxirrog‘ida kiritildi. \"Napoli\" hujumchisi Viktor Osimxen 80-daqiqada birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va Patrisiu darvozasini ishg‘ol qildi. Mazkur hisob bellashuv oxirigacha o‘zgarmadi va nepolliklar Rimdan 3 ochko bilan ortga qaytadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, legionerimiz Eldor Shomurodov o‘yinning 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Roma – Napoli 0:1 (0:0, 0:1)
Gol
: 0:1 – 80 Osimxen.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Vinya, 82), Smolling, Manchini (El-Shaaravi, 82), Rojer, Spinatssola (Shomurodov, 85), Kristante, Pellegrini, Kamara (Matich, 82), Dzanolo, Abraxam (Belotti, 64).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Jezus, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zelinski (Gaetano, 75), Ndombele (Elmaz, 57), Losano (Politano, 75), Osimxen, Kvaratsxeliya.
Ogohlantirishlar: Smolling (22), Losano (45), Ndombele (47), Kristante (51), Rojer (74), Olivera (78), Lobotka (79).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.