Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess Indian 2022" rapid yo‘nalishi musobaqasini yakunladi (jadval)

Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess Indian 2022" rapid yo‘nalishi musobaqasini yakunladi (jadval)
Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha \"Tata Steel Chess Indian 2022\" musobaqasi rapid yo‘nalishi bahslari o‘z yakuniga yetdi. Bugun o‘tkazilgan oxirgi turlarda hamyurtimiz GM Nodirbek Abdusattorov yaxshi natija qayd etgan bo‘lsada, bu ochkolar sovrinli o‘rinlar uchun yetarli bo‘lmadi.

U bugun 7-turda AQSH vakili GM Uesli Soni mag‘lub etib, 8-turda ozarbayjonlik GM Shahriyar Mamedyarov bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, so‘nggi 9-turda eronlik GM Parham Magsodlo ustidan zafar quchdi.

Shu tariqa Abdusattorov 9 tur yakuniga ko‘ra 4,5 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rin bilan kifoyalandi.

Quyida yakuniy jadval holati bilan tanishing:
Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess Indian 2022" rapid yo‘nalishi musobaqasini yakunladi (jadval)
Musobaqaning blis yo‘nalishi bahslari 3-4 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.