JCH-2022. Bugun Jahon chempionati final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

JCH-2022. Bugun Jahon chempionati final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi
Bugun Qatar yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining so‘nggi kuni.

Aynan 18 dekabr sanasida 4 yil kutilgan turnirning hal qiluvchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi chempion Fransiya hamda o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan Argentina o‘zaro to‘qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Final ostonasida \"uch ranglilar\" Marokash ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, \"albiseleste\" Xorvatiyani mag‘lub etgandi, 3:0.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.