Ronaldu: O‘g‘lim menga Beyldan sekinroq yugurishimni aytdi


Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning 5 yoshli o‘g‘li unga jamoadoshi Garet Beyldan sekinroq yugurishini aytdi, deb yozmoqda \"Uff.uz\" nashri.
“O‘g‘lim bo‘lishini har doim xohlaganman. U meni yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Bir kun u menga Beyl mendan tezroq yugurishini aytdi. Men esa unga “Sening otangdan tezroq yuguradigani yo‘q” deb javob qaytardim. O‘g‘limga bu narsalarni maktabda aytishgan ekan.
Boshqa safar esa u Messi mening o‘ng oyog‘im singari o‘ynay olish istagini aytganini gapirib berdi. Bunday hikoyalar meni quvontiradi, axir u hali juda yosh”, – dedi Ronaldu.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













