U-20 Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston Iroqqa qarshi o‘ynaydi

U-20 Osiyo Kubogi. Bugun O‘zbekiston Iroqqa qarshi o‘ynaydi

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining 2-tur bahslari start oladi.

2-tur doirasida O‘zbekiston terma jamoasi bugun Iroqa qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv soat 19:00da \"Bunyodkor\" stadionida boshlanadi.

Ma’lumot uchun, har ikki jamoa ham 1-turda g‘alaba qozongan va uch ochkoga ega. Bugungi bahs g‘olibi katta ehtimol bilan guruh g‘olibiga aylanadi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Indoneziya hamda Suriya terma jamoalari bahs olib borishadi.

4 mart, shanba

A guruhi

17:00, Suriya - Indoneziya

\"Lokomotiv\" stadioni

19:00, Iroq - O‘zbekiston

\"Bunyodkor\" stadioni

B guruhi

15:00, Eron - Avstraliya

\"Istiqlol\" stadioni

19:00, Vetnam - Qatar

\"Istiqlol\" stadioni

Eslatib o‘tamiz, joriy turnir 41-marotaba tashkil etilmoqda. Unda muvaffaqiyatga erishgan 4 jamoa mundialga yo‘l oladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.