A Seriya. "Latsio" juda asabiy o‘tgan bahsda "Roma"ni mag‘lubiyatga uchratdi


A Seriyaning 27-turidan o‘rin olgan \"Roma\" -\"Latsio\" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
32-daqiqadan mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. Ibanez qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Yagona gol muallifi Zakkani. Vinger 65-daqiqada jamoasining ajoyib kombinatsiyasidan so‘ng darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, \"Latsio\" g‘alaba qozonib, turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. \"Roma\" esa 5-pog‘onada bormoqda.
\"Latsio\" – \"Roma\" 1:0
Gol: 1:0 – 65 Zakkani.
Latsio – Provedel, Marushich, Romanoli, Kazale, Xyusay, Luis Alberto, Kataldi, Milinkovich-Savich, Felipe Anderson, Dzakkani (Kancheleri, 81), Pedro (Bashich, 89).
Roma – Ruy Patrisiu, Smolling, Manchini, Rojer, Spinatssola, Veynaldum (Matich, 67), Kristante, Pellegrini (Solbakken, 84), Zalevski, Dibala (Lorente, 46; El-Shaaravi, 78), Belotti (Abraxam, 67).
Ogohlantirishlar: Rojer (8), Luis Alberto (25), Romanoli (59), Kristante (71), Manchini (80), Kancheleri (89), Bashich (90).
Chetlatishlar: Rojer (32), Marushich (90), Kristante (90).
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













