O‘zbekiston terma jamoasi "zabt" etmagan bitta qit’a qoldi

O‘zbekiston terma jamoasi "zabt" etmagan bitta qit’a qoldi
O‘zbekiston terma jamoasi "zabt" etmagan bitta qit’a qoldi
Kecha Srechko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
 
Mazkur bahsda Eldor Shomurodov urgan yagona gol O‘zbekiston terma jamoasiga g‘alaba keltirdi - 1:0. Shu tariqa O‘zbekiston MTJ o‘z tarixida ilk bor KONMЕBOL (Janubiy Amerika) vakilini mag‘lub etishga erishdi.
 
Bunga qadar KONMЕBOL vakili hisoblangan Urugvayga qarshi ikki bor maydonga tushgan \"oq bo‘rilar\" ikki marta mag‘lub bo‘lishgandi - 0:3, 0:3.
 
O‘zbekiston terma jamoasi hech bo‘lmasa bir marta bo‘lsa ham Osiyo, Afrika, Okeaniya va Yevropa vakillarini mag‘lub etgan.
 
Terma jamoa bugunga qadar faqat KONKAKAF vakilini hech qachon mag‘lub eta olmagan - Kanada (1:2) va Kosta-Rika (1:2).
 
Eslatib o‘tamiz, Katanes boshchiligidagi jamoa navbatdagi bahsni 28 mart kuni KONMЕBOLning boshqa bir vakili Venesuela terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.