Boks bo‘yicha JCH-2023. Mujibillo Tursunovdan navbatdagi g‘alaba


Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-60 kg vazn toifasida Mujibillo Tursunov marokashlik Muhammad Hamudga qarshi ringga ko‘tarildi.
Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qildi.
Mujibillo dastlabki raundni o‘z foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham vakilimiz ustunlikka erishdi - 5:0.
Uchinchi raundda hakamlar Mujibilloning g‘alabasini qayd etishdi - 5:0. Yakuniy hisob ham 5:0. Mujibillo keyingi bosqichda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













