Messi: "Parijda o‘tkazgan ikki yilim baxtsiz o‘tdi. Sportdan biroz chekinib, oilamga juda ko‘p vaqt ajratmoqchiman"

Lionel Messi \"Inter Mayami\"ga o‘tishi oldidan katta intervyu berdi va barcha savollarga javob qaytardi. Xususan, Messi PSJdagi hayoti baxtsiz o‘tgani va oilasiga kam vaqt ajratganidan afsusda ekanini ta’kidladi.
 
\"Parijda o‘tkazgan ikki yilim baxtsiz o‘tdi. Men o‘zimdan qoniqmadim. Bu narsa esa oilaviy hayotimga yomon ta’sir ko‘rsatdi. Bolalarimning maktabdagi juda ko‘p qiziqarli onlarini o‘tkazib yubordim. Barselonada men ularga ko‘proq vaqt ajratar edim. Parijda esa bu narsa kamayib ketdi. Futbolda barcha narsaga erishdim. Endi esa sportdan biroz chekinib, oilamga juda ko‘p vaqt ajratmoqchiman. \"Barselona\"ga qaytish o‘xshamagan taqdirda, Yevropadan ketishni istagandim. Endi e’tibor markazidan qochib, oilamga ko‘proq e’tibor bermoqchiman\", - deydi Lionel Messi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.