Neymar Saudiya klubida qancha pul ishlaydi?

Neymar Saudiya klubida qancha pul ishlaydi?

Xabar berganimizdek, Neymar \"Al-Hilol\" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Globo Esporte xabariga ko‘ra, braziliyalik hujumchi ushbu davro mobaynida naqd 320 million yevro ishlab oladi. Bunga ish haqi, homiylik shartnomalari va boshqa tijorat faoliyatidan tushgan daromadlar kiradi.

PSJ esa ushbu transferdan 100 million yevro ishlab oladi.

Ispan nashrlari tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Neymarning \"Barselona\"ga ijaraga berilishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas.

“Al-Hilol” ertaga kuni Neymarni ommaga rasman tanishtirishni va katta marosim o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.