Shohjahon Ergashevning chempionlik jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Shohjahon Ergashevning chempionlik jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Professional boksning super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (23-0, 20 KO) o‘zining navbatdagi jangini AQSHda o‘tkazadi.

O‘zbekistonlik bokschi 4 noyabr kuni super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida IBF yo‘nalishi chempioni Sabriel Matiasga (19-1-0, 19KO) qarshi ringga ko‘tariladi.

Jang AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ergashev so‘nggi jangini 2022 yil avgust oyida Meksika vakili Anxel Martinesga qarshi jang qilib, g‘alaba qozongandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.