Rudi Feller Yaponiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin: "Bu sharmandalik"

Rudi Feller Yaponiyaga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin: "Bu sharmandalik"

Rudi Feller Germaniya termasining Yaponiyaga 1:4 hisobida uchragan mag‘lubiyatini sharmandalik deb baholadi.

\"Hali ham shokdaman. 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat - bu sharmandalik. O‘zimizga to‘g‘ri baho berish va jamoaning kelajagini o‘ylash vaqti keldi.

Hozirgina Xans bilan gaplashdim, u g‘azab otiga mingan. Hozir tinchlanib olish payti. Ertaga nimalar bo‘lganini gaplashib olish kerak. Bu barchaning oldida uyatli ish bo‘ldi.

Fransiyaga qarshi o‘yinda bunday qilish yaramaydi. Biz - Germaniya. Seshanba kuni bizdan hech kim qo‘rqmaydi. Lekin jamoadagi barcha futbolchilar top-klublarda o‘ynashadi\", - dedi Germaniya termasi sport direktori.

Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 12 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.