La Liga. Madrid derbisida "Atletiko" "Real"ni mag‘lub etdi

La Liga. Madrid derbisida "Atletiko" "Real"ni mag‘lub etdi

La Liganing 6-turidan o‘rin olgan \"Atletiko\" - \"Real\" bahsi \"matraschilar\"ning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Dastlab, 4-daqiqada Morata hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay Grizmann oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 35-daqiqada esa Kroos super goli bilan, farqni qisqartirdi. Ikkinchi taym boshida Morata ikkinchi bor Kepa darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, \"Atletiko\" turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. \"Real\" esa 3-pog‘onaga tushib ketdi.

\"Atletiko\" – \"Real Madrid\" 3:1

Gollar: 1:0 – 4 Morata, 2:0 – 18 Grizmann, 2:1 – 35 Kroos, 3:1 – 46 Morata.

Atletiko – Oblak, Molina (Aspilikueta, 65), Savich, Ximenes (Korrea, 86), Ermoso, Koke (Vitsel, 46), Saul, Lorente, Lino (Galan, 87), Grizmann, Morata (Depay, 82).

Real Madrid – Arrisabalaga, Alaba, Ryudiger, Fran Garsiya (Mendi, 57), Valverde, Kroos (Braim Dias, 70), Modrich (Xoselu, 46), Kamavinga (Tchuameni, 57), Vaskes (Nacho, 57), Bellingem, Rodrigo.

Ogohlantirishlar: Modrich (45), Ximenes (45), Mendi (67), Bellingem (90).

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.