Midori Honda: "Yaponiya va Vetnam singari kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borishdan xursandmiz"

Midori Honda: "Yaponiya va Vetnam singari kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borishdan xursandmiz"

Parij Olimpiadasi 2-saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda:

— Osiyo o‘yinlaridan so‘ng bir oyga yaqin vaqt davomida yig‘in o‘tkazdik. Yaponiya va Vetnam singari kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borishdan xursandmiz. So‘nggi yillarda jamoamiz o‘sishga erishdi va muxlislarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. O‘zbekiston terma jamoasimi yuqori darajaga olib chiqishda davom etamiz.

Lyudmila Karachik:

— Bizning asosiy maqsadimiz Olimpiadaga yo‘l olish va buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Men va barcha jamoadoshlarim ertangi uchrashuvga tayyormiz.

Midori Honda: "Yaponiya va Vetnam singari kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borishdan xursandmiz"

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi \"Bunyodkor\" stadionida 2024 yilgi Parij Olimpiadasi ikkinchi saralash bosqichida Yaponiya, Vetnam va Hindiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Midori Honda: "Yaponiya va Vetnam singari kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borishdan xursandmiz"


Manba: O‘FA matbuot xizmati

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.