Rio-2016. Useyt Bolt estafetada ham «oltin»ni qo‘lga kiritdi


Yamaykalik sprinter Useyn Bolt olimpiadadagi navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida estafeta (4x100) bahslarida Yamayka terma jamoasi finishga birinchi bo‘lib etib keldi.
Asafa Pauel, Yohan Bleyk, Nikel Ashmeade va Useyn Boltdan iborat jamoa masofani 37,27 soniyada bosib o‘tdi.
Shu tariqa, Useyn Bolt Pekin-2008, London-2012 va Rio-2016 olimpiadalarining 100 metr, 200 metr va 4x100 metr yo‘nalishlarida oltin medallarga ega chiqib, 9 karra olimpiada chempioniga aylandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













