Rossiya terma jamoasi sobiq murabbiyi: “Abbosbek Fayzullayev RPLning bezagiga aylanib ulgurdi”

Rossiya terma jamoasi sobiq murabbiyi: “Abbosbek Fayzullayev RPLning bezagiga aylanib ulgurdi”
Rossiya terma jamoasi sobiq murabbiyi Boris Ignatev Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“\'SSKA\' Fayzullayevni oldi. Balki ular Abbosbek uchun \'Zenit\' Malkomga sarflagan pulchalik sarflamagandir. Lekin Fayzullayevni braziliyalik futbolchidan yomonroq deya olmayman. Bu chinakam jiddiy seleksiya, klubning professional ishi bo‘lgan.

Bunga qadar Abbosbekni kam odam tanirdi, lekin u RPLga keldi va boshqalardan kuchli ekanligini isbotladi. O‘z mahoratini ko‘rsatdi. Fayzullayev liganing bezagiga aylanib ulgurdi
”, — deydi Ignatev.

O‘zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.