Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Futbol bo‘yicha Yevro—2024 saralashi doirasida Gruziya terma jamoasi Gretsiyaga qarshi bahs olib bordi.

Villi Sanol shogirdlari 0:0 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida Gretsiyani mag‘lub etishdi va pley-offdan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Gruziya – Gretsiya 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), penalti bo‘yicha - 4:2

Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya, Dvali, Kiteyshvili (Kvekveskiri, 104), Kochorashvili, Chakvetadze (Davitashvili, 104), Kvaratsxeliya (Kvilitaya, 109), Zivzivadze (Mikautadze, 74), Shengeliya (Sitaishvili, 86).
Gretsiya – Vlaxodimos, Boldok (Rota, 60), Xatsidyakos (Retsos, 105), Mavropanos, Simikas, Bakasetas, Mantalos (Buxalakis, 99), Kurbelis (Siopis, 67), Pelkas (Konstantelias, 61), Masuras, Ioannidis (Yakumakis, 90).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 4:2.

Ogohlantirishlar: Boldok (6), Xatsidyakos (35), Zivzivadze (42), Mavropanos (44), Kverkveliya (50), Konstantelias (90), Rota (90+3).
Chetlatish: Loriya (45+3).
Gruziya ilk marotaba Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Qayd etib o‘tish joiz, Gruziya o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Terma jamoa turnirning F guruhidan joy oladi. Guruhda Gruziyadan tashqari Turkiya, Portugaliya va Chexiya terma jamoalari joy olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.