Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi

Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri Saudiya Arabistoni poytaxtiga yetib bordi.

Britaniyalik bokschi 18 may kuni Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni, ukrainalik Oleksandr Usikka qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.
Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Tayson Fyuri o‘zining so‘nggi jangini o‘tgan yilning oktyabr oyida kamerunlik MMA jangchisi, sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga qarshi o‘tkazib, hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Tayson professional boksda 34 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan (24 tasi nokaut bilan). Hisobida bitta durang bor.

Ukrainalik Oleksandr Usik esa o‘tgan yilning avgustida britaniyalik Daniel Dyubuani 9-raundda texnik nokautga uchratib, o‘z kamarini majburiy da’vogardan himoya qilgandi. U ham barcha 21 ta jangida g‘alaba qozongan (14 tasi muddatidan oldin).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.