Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?
Kilian Mbappe PSJni Chempionlar ligasi bosh sovrinisiz tark etadigan bo‘ldi.

Fransiya chempioni yarim finalda Dortmundning “Borussiya” klubi qarshiligini yenga olmadi va har ikki uchrashuvda ham bir xil – 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Musobaqani tark etgan Kilian Mbappe o‘yindan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi:

- Raqib jarima maydonchasi ichida yaxshiroq o‘ynadi. Men oilam va muxlislarga achindim. Biz qo‘limizdan kelganini qilishga urindik, lekin bu yetarli bo‘lmadi. Bu mavsum biz uzoqqa borishimiz mumkinligini ko‘rsatdik, - dedi Kilian Mbappe.

25 yoshli hujumchi Yevropa Chempionlar ligasining bu mavsumida 12 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 8 marotaba ishg‘ol qilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.